So’nggi vaqtlarda biz ijtimoiy tarmoqlarda bir xil savollarga qayta-qayta javob bermoqdamiz. Bugun e’tiboringizga siz kutgan ma’lumot – qiziquvchilar tomonidan eng ko’p berilgan savollar ro’yxati va ularning javoblarini taqdim etamiz. 

1.  AKFA Universitetida qanday yo’nalishlar mavjud? 
- Hozirgi vaqtda AKFA Universitetida faqat 1 ta – tibbiyot maktabi mavjud.  

2. AKFA Universitetiga qanday qilib hujjatlarimni topshirishim mumkin? 
- Abituriyentlar 2019 yilning may oyidan universitetning rasmiy veb-sayti orqali hujjatlarini topshirishlari va ro’yxatdan o’tishlari mumkin.

3. Universitet qabuliga qanday hujjatlarni tayyorlashim zarur?
- Rasm - 3.5x4.5sm (rasmga tushgan muddati 3 oydan oshmagan bo‘lishi lozim);
- Maktab/litsey/kollejdan diplom yoki tamomlashi haqidagi ma’lumotnoma;
- IELTS yoki TOEFL sertifikati.

4. Kirish imtihonlari qachon bo’lib o’tadi?
- 2019 yilning iyul oyida. Universitet kirish imtihonlarining aniq kuni va vaqti o’zgarishi mumkin va bu haqidagi ma’lumot keyinroq e’lon qilinadi. 

5. Imtihonlar qaysi fanlardan bo’lib o’tadi? 
- Kimyodan yozma ish, 20 ta savol; 
- Biologiyadan yozma ish, 20 ta savol; 
- Matematikadan yozma ish, 20 ta savol. 

To’plash mumkin bo’lgan maksimal ball – 100. 

Test savollari O’zbekistonning litsey/kollej/maktab dasturiga asosan shakllantiriladi. 

6. AKFA Universitetiga talabalariga grant (scholarship) asosida tahsil olish imkoniyati taqdim etiladi? 

Ha, AKFA Universiteti konkurs asosida grantlar taqdim etadi. 2019/2020 o'quv yilida universitet 200 nafar talaba qabul qiladi. Eng yaxshi natija ko’rsatgan 100 nafar talaba har semester davomida bepul o’qish imkoniyatiga ega bo’ladi.