🎓 Universitetning tibbiyot fakultetiga kirmoqchi bo‘lgan fuqarolardan maktab yoki o‘rta maxsus ta’lim muassasini tamomlaganligi haqidagi hujjati hamda IELTS yoki TOEFL sertifikatlari talab qilinadi.

🖊 Hujjat topshiruvchi abituriyent eng kam 5.5 ballik IELTS natijasiga ega bo‘lishi, bundan tashqari, kirish imtihonlarida kimyo, biologiya va matematika fanidan 20 ta savolli yozma ish topshirishlari kerak bo‘ladi.

📆 Imtihonlar sanasi keyinroq e’lon qilinadi.