Jamoat transporti

AKFA Universiteti kampusi shahar markazidan uncha uzoq bo’lmagan hududda joylashgan, shu sababli, turli transportlar yordamida o’quv maskanimizga tashrif buyurishingiz mumkin.

Kampus Ko’kcha Darvoza 1-tor ko’chasida – “Tinchlik” metro bekatidan 10 minutlik masofadan uzoqda joylashgan.

Universitetga #91, 141, 35, 53, 73, va 144 avtobus, minibuslar yordamida yetib kelishingiz mumkin. Mazkur transport vositalari o’quv maskanimizga yaqin hududda to’xtaydi va siz asosiy yo’l orqali bir necha daqiqa ichida binoga kelish imkoniyatiga egasiz.

Shu bilan birga, siz metroning O’zbekiston yo’lining “Tinchlik” bekatidan chiqib, taksi orqali 5 daqiqa ichida oliyhogimizga tashrif buyura olasiz.

Transport bilan bog’liq batafsil ma’lumotga ega bo’lishni istasangiz Toshtransxizmat vebsaytiga (App Store, Play Market orqali ‘Tashbus’ ilovasini yulab olishingiz mumkin) tashrif buyuring yoki savollaringiz bo’lsa, info@akfauniversity.uz pochtaga xat yozing.