Asosiy akademik belgi (Logo)

Bizning asosiy ramzimiz o’quv jarayonlarimizning kuchi va muvaffaqiyatini o’zida ifoda etadi. Logo universitetimizning taniqlilik belgisi hisoblanadi. Undan original formatda foydalanish zarur, logoni to’liq yoki qisman o’zgartirish mumkin emas. Logoimizning rangi – qizil.

 

Akademik belgining qo’shimcha ko’rinishi (Oq/shaffof logo)

Logoning qo’shimsha ko’rinishi – ramz bilan bir xil rangdagi fon bo’lgan holatlarda ishlatish uchun mo’ljallangan. Budjet, chop etish cheklovlari yoki dizayn rang ishlatmaslikni talab etsa, faqat oq rangdagi logodan foydalanish mumkin. Hech bir elementni boshqa ko’rinishida taqdim etish ta’qiqlanadi. Faqatgina akfauniversity.uz vebsaytida berilgan fayllardan foydalaning. Logo ni qaytadan chizmang.

 

Universitet logosining matnli ko’rinishi

Ushbu ko’rinishdagi logo AKFA Universiteti bilan ishlab kelayotgan auditoriya uchun mo’ljallangan. Mazkur logo 2 ta elementdan tarkib topgan:

  1. U belgisi
  2. Universitet nomi

 

Logo to’plami

Turli OAV uchun mo’ljallangan formatdagi va hajmdagi logo to’plamini akfauniversity.uz saytidan yuklab olishingiz mumkin.

To’plamni yuklab olayotgan vaqtingizda katta va kichik versiyadagi bir necha formatlarni qabul qilasiz. Yodda tuting, oq versiyadagi logo to’q fon ishlatilganda yoki fotoda belgining yaxshi o’qilishini ta’minlash kerak bo’lgan holatda ishlatilishi mumkin. Mazkur fayllar maxsus ilovalar uchun optimallashtirilishi mumkin.