AKFA universiteti yosh, shiddat bilan rivojlanayotgan Toshkentdagi oliy ta’lim muassasasidir. Oliygoh AKFA kompaniyasi tomonidan 2019 yil tashkil etilgan. Kelajak yoshlar qo‘lida. Ishonch bilan ayta olamanki, bizning barcha dasturlarimiz shijoatli va yuragida o‘ti bor talabalarga yo‘naltirilgan.

AKFA universiteti ta’limni juda qadrlaydi, shu bois, o‘z bitiruvchilarini 21-asr talablariga mos ravishda tayyorlashga bel bog‘lagan. Bizning maqsadimiz – biznes dunyosida faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan talabalarimizni raqobatbardosh kadr bo‘lib yetishlarida ko‘maklashishdir.  

Oliygohda ochiqlik, qarashlarning xilma-xilligi, yetakchilik, tanqidiy fikrlash qobiliyati, etika, ijtimoiy majburiyatlarni his qilish, tadbirkorlik kabi xislatlarni o‘zida mujassamlashtirgan yoshlar e’zozlanadi.

Ta’lim muassasasi talabalar uchun sog‘lom muhitini saqlab qolishni istaydi. So‘z akademik doiralar va talabalar o‘rtasida ta’lim dasturlarini rivojlantirishga qaratilgan hamkorlik haqida bormoqda.

Inson yaxshi jamoada faoliyat yuritsagina, bilim olishga intiladi. Bizning o‘quv dargohimizda tashkil etilgan muhit barcha talabalar o‘rtasida ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilgan.  

AKFA universiteti rahbariyati asosiy e’tiborni professional hamkorlik tarmog‘ini yaratishga yo‘naltirgan. Maxalliy va xorijiy oliy ta’lim muassasalari, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘rnatilgan mustahkam do‘stlik aloqalari ilmiy tadqiqotlar sohasini rivojlantirishga katta turtki bo‘ladi, degan umiddamiz. Eng ezgu maqsadimiz - oliygohimizning dunyodagi eng yaxshi universitetlar reytingiga kirishiga guvoh bo‘lishdir.

Bitiruvchilarimiz o‘z sohalarida salmoqli natijalarga erishishlariga ishonamiz.  Kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida tinimsiz harakat qilib,
ta’lim dasturlarimizni takomillashtirib borish va mintaqamizda ta’lim sifatini yaxshilashga va’da beramiz. 

Aziz talabalar, finish chizig‘iga yetib kelganingizdan so‘ng, orzularingizni ro‘yobga chiqarish uchun kerakli barcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lasiz.

Hech ikkilanmang, ushbu ezgu yo‘lda AKFA universiteti sizni doimo qo‘llab-quvvatlaydi. Siz o‘z oldingizga qo‘ygan barcha maqsadlaringizga erishasiz!

Biz ta’lim sohasini rivojlantirishga o‘z  hissasini qo‘shmoqchi bo‘lgan barcha xohlovchi olim va pedagoglarni jamoamizga qo‘shilishga taklif qilamiz. Biz bilan birga porloq kelajak sari harakat qiling!

AKFA universiteti rektori