AKFA universiteti Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 15 fevral qabul qilingan qaroriga binoan tashkil etilgan. Olyigohning eng asosiy maqsadi – mintaqadagi yetakchi universitetga aylanish va O‘zbekiston rivojlanishiga salmoqli hissa qo‘shish.


Maqsadimiz:
* Iqtisodiyotning talabgir sohalarida ta’lim sifatini oshirish;                                     
* Mutaxassislarni tayyorlash bo‘yicha takliflar kiritish;
* Yangi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish;
* Professional kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yangi tamoyillarni ishalb chiqish.  

AKFA Universiteti turli xil davlatlardan kelgan 200 nafar talabaga xalqaro standartlarga mos ta’lim dasturlarini taklif qiladi.  

Oliy ta’lim muassasasi fundamental, tibbiy, aniq va gumantar fanlar bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydi.

Ta’lim jarayoni yetakchi xorijiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda olib boriladi. Jumladan, Janubiy Koreyaning tibbiyot sohasidagi Gachon universiteti hamda chet elda faoliyat yuritayotgan yurtdoshlarimiz bilan ham.

Ta’lim jarayoni ingliz tilida olib boriladi va 6 yil davom etadi (2 yil tayyorlov kurslari va 4 yil tibbiyot fakultetida). Bitiruvchilar oliy ta’lim to‘g‘risidagi diplomga ega bo‘lishadi. Universitet tadqiqot va ilmiy izlanishlarga katta e’tibor qaratish niyatida.

Oldida turgan maqsad va vaziflardan kelib chiqib, talim muassasasi talaba va o‘qituvchilarga birdek inttektual muhit yaratishga intiladi. 

O‘qishni tugatgach, bitiruvchilar dunyoning yirik kompanyailarida o‘z faoliyatlarini davom etirishlari mumkin. Ularning ishga joylashishi bilan bog‘liq masalalar to‘liq universitet tomonidan nazorat ostiga olinadi.

Oliygoh kelajak sari dadil qadam tashlashda davom etadi. Kuch va g‘ayrat uning oldida turgan maqsadlarga erishishda ilhom bag‘ishlab, 21-asrning eng yetakchi ta’lim muassasalariga aylanishiga zamin yaratishi, shubhasiz.  AKFA universiteti yangi texnologiyalarni ijtimoiy, tibbiy, madaniy va ta’lim sohalariga joriy etishda davom etadi.