JUDA KO‘P BERILADIGAN SAVOLLAR

TALABALAR UCHUN  

AKFA UNIVERSITETIDA TA’LIM

  1. AKFA universitetida qaysi mutaxassisliklar bo‘yicha ta’lim beriladi?

Bugungi kunda AKFA universitetida birgina yo‘nalish – tibbiyot yo‘nalishi bor:

Tibbiyot yo‘nalishi (Tibbiyot maktabi)

 

  1. Darslar qaysi tilda olib boriladi?

AKFA universitetining barcha ta’lim dasturlari ingliz tilida olib boriladi.   

 

  1. AKFA universitetida ta’lim olgan talabalar qanday darajani qo‘lga kiritishadi?

O‘quv yili yakunlangach, iqtidorli talabalar "Medical Doctor" diplomiga ega bo‘lishadi.

 

  1. Universitet diplomi xalqaro ahamiyatga ega hujjat sifatida qabul qilinadimi, yo‘qmi?  

Albatta. Diplom xalqaro toifaga tenglashtirilib, xalqaro diplom na’munasi sifatida tan olinadi. Bu esa talabalarga ko‘plab imkoniyatlar va kelgusi karyera uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladi.  

 

  1. AKFA universiteti diplomini O‘zbekiston Respublikasida nostrifikatsiya qilish talab etiladimi?   

Yo‘q. Agar mahalliy kompaniya va davlat idorlariga ishga kirishni istasangiz, diplomni nostrifikatsiya qilish talab etilmaydi.  

  1. AKFA universiteti talabalariga scholarship taqdim etiladimi?

Ha, universitet tanlov asosida merit based scholarship taklif qiladi. Yanada to‘liq ma’lumotni oliygohning rasmiy veb saytida olishingiz mumkin.

 

  1. Universitet talabalariga qachon ta’til beriladi?

AKFA universiteti talabalarga qishki (dekabr-yanvar) va yozgi  (may-avgust) ta’tilni taqdim etadi. Bayram sanalariga e’tibor qarating. Havotir olmang, ta’lim muassasasi ma’muriyati talabalarga ta’til vaqti haqida avvalroq xabar beradi.

 

  1. Bugungi kunda boshqa oliygoh talabasiman. O‘qishimni AKFA universitetiga ko‘chira olamanmi?

Hozircha  AKFA universitetida ko‘chirish (almashuv) dasturi yo‘lga qo‘yilmagan.

  1. Oliygohga jismoniy imkoniyati cheklangan fuqarolar ham topshira oladimi? Ha, AKFA universiteti jismoniy holatida nuqsonga ega fuqarolarga ham birdek talaba bo‘lish baxtini tuhfa etadi. Tanlov asosida xohlovchi abituriyentlar o‘qishga topshirishlari mumkin. Ta’lim muassasi zarur interyer, dam olish maskanlari va liftlar bilan to‘liq jihozlangan.    

 

  1. AKFA universiteti qoshida litsey bormi?

Hozircha universitet qoshida akademik litsey yo‘q. Ta’lim muassasasi oliy ta’lim sohasini rivojlantirishga salmoqli hissa qo‘shishni istaydi.

 

  1. AKFA  universiteti bitiruvchilari xorijda ishlay oladilarmi?

AKFAuniversiteti bitiruvchilari har qandya xalqaro kompaniyada faoliyat yuritish imkoniyatiga egalar. Buning uchun ulardan ingliz tilini mukammal bilish va texnik ko‘nikmalarni rivojlantirish talab etiladi. Biroq, oliygoh O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun malakali kadrlarni tayyorlashni istaydi. Shu bois o‘z bitiruvchilarining xorijda ishlashlarini ma’qullamaydi.

 

  1. AKFA  universiteti talabalari  AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan tashkillashtirilgan Summer Work and Travel dasturida ishtirok eta oladilarmi?

Har yili AQShning Toshkentdagi elchixonasi tomonidan Summer Work and Travel dasturi amalga oshiriladi. Qiziqish bildirayotgan talabalar universitetning rasmiy veb-saytiga tashrif buyurib, dastur talablari bilan yaqindan tanishishlari mumkin (http://uzbekistan.usembassy.gov/non-immigrant_visas/swt.html). Eslatma, olyigohimiz, dastur bilan hech qanday aloqa o‘rnatmagan.

 

ARIZA TOPSHIRISH TARTIBI/RO‘YXTADAN O‘TISH

  1. Qanday qilib AKFA universitetiga ariza qoldirishim mumkin?

Nomzodlar universitetning quyidagi rasmiy veb-sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak: https://admission.akfauniversity.uz.

 

  1. Onlayn-arizani qaysi muddatgacha topshirish mumkin?

Onlayn arizani  iyundan iyungacha topshirishingiz mumkin.

* Kirish imtihonlarining sanasi va vaqti  abituriyentlar soniga qarab o‘zgarishi mumkin. Shu bois AKFA Universitu rasmiy veb-saytida imtihon sanalarini kuzatib borishingizni iltimos qilamiz.

 

  1. IELTS/ TOEFL iBT sertifikatlariga ega bo‘lmay turib, imtihon topshirishim mumkinmi?

Yo‘q, har bir abituriyent  IELTS/TOEFL iBT sertifikatlarining skaner nusxasini taqdim etishi shart. Eslatib o‘tamiz, arizalar ko‘rsatilgan muddatdan so‘ng qabul qilinmaydi.

 

  1. Imtixonlarni ingliz tiliga ixtisoslashgan xorijiy maktabda tugatgan bo‘lsam topshira olamanmi?  

Ha, buning uchun ingliz tilini mukkamal bilishingizni tasdiqlovchi maktab attestanini topshirsangiz kifoya.      

 

  1. IELTS/ TOEFL iBT sertifikatlarining muddati o‘tib ketgan bo‘lsada, hujjat topshirishim mumkinmi?

Yo‘q. IELTS va  TOEFL iBT sertifikatlarining muddati ikki yil ekanini inobatga olgan holda, siz AKFA universitetiga hujjat topshira olmaysiz.

      18. Bakalavr bosqichini boshqa oliygohda tugatgan bo‘lsamda, ikkinchi mutaxassislik uchun AKFA universitetiga topshira olamanmi?  

Ha, AKFA universitetiga ikkinchi mutaxassislik uchun topshirmoqchi bo‘lgan fuqarolar, litsey/kollej yoki o‘rta maktabni tugatgan abituriyentlar singari hujjatlarni topshirish qoidalariga rioya qilishlari kerak.  

19. AKFA universitetiga kirib bo‘lgan talabalar yana boshqa hujjatlarni topshirishiga to‘g‘ri keladimi?

Ha,  qabul yakunlangach, omadli talabalar quyidagi hujjatlarni original nusxada to‘lov shartnomasini olishdan oldin topshirishlari kerak:   

  • Harbiy guvohnoma (yigitlar uchun);

  • Litsey / kollej yoki maktabni tugatganlik haqidagi ekvivalent sertifikat, attestat  

  • 3.5x4.5 surat (4ta)

 

KIRISH IMTIHONLARI  

  1. Kirish imtihonlari qachon bo‘lib o‘tadi?

Kirish imtihonlari quyidagi oyda bo‘lib o‘tadi: Iyulda.

* Barcha abituriyentlar kirish imtihonlarida ishtirok etishlari shart
* Kirish imtihonlarining sanasi va vaqti  abituriyentlar soniga qarab o‘zgarishi mumkin. Shu bois AKFA Universitu rasmiy veb-saytida imtihon sanalarini kuzatib borishingizni iltimos qilamiz.

 

  1. Tibbiyot maktabiga kirish imtihonlari qaysi fanlardan bo‘lib o‘tadi?

- Kimyo, yozma imtihon,  20 ta savol (60 daqiqa);

- Biologiya yozma imtihon,  20 ta savol (60 daqiqa);

- Matematika yozma imtihon,  20 ta savol (60 daqiqa);

            

  1. Kirish imtihonlari natijalari qachon e’lon qilinadi?

 

Kirish imtihonalari natijalari  Avgustda e’lon qilinadi, o‘qishga kirgan talabalar ro‘yxati esa universitetning www.akfauniversity.uz.rasmiy veb-saytida chop etiladi.

 

  1. AKFA universitetining kirish imtihonlari DTM   (Davlat test markazi) bilan aloqadormi?

Yo‘q, AKFA universiteti kirish imtihonlari  Test markazi bilan bog‘liq emas. Buning uchun AKFA Universiteti o‘zi to‘liq javob beradi.

 

TA’LIM, NARXLAR, GRANT VA MODDIY YORDAM  

  1. AKFA universitetida ta’lim olish qiymati qanday?

O‘zbekiston fuqarolari uchun AKFA universitetida ta’lim olish:

Tibbiyot yo‘nalishi (Tibbiyot kolleji)  - 58.000.000 – bir yil uchun / 29.000.000 – semestr uchun -  so‘mda

 

  1. Yillik to‘lovni nima qoplaydi?

Ta’lim uchun yillik to‘lov faqatgina ta’lim qiymatini belgilaydi.

 

BOSHQA SAVOLLAR

  1. AKFA universiteti talab turar joyiga egami?

Yaqin vaqt ichida  AKFA universiteti talabalari uchun vaqtinchalik turar-joy majmuasini tashkil etish ko‘zda tutilgan.

 

  1.  AKFA universiteti o‘z talabalarini chet elga o‘qishga yuboradimi?

AKFA universiteti talabalarni chet elga yuborish maqsadida emas, balki akademik standartlarni O‘zbekiston oliygohlariga joriy etish maqsadida tashkil etilgan.  

 

  1. Mening yoshim boshqa talabalardan ancha katta.  Bu mening imkoniyatlarimga ta’sir ko‘rsatadimi?

Universitga kirish uchun yoshning ahamiyati yo‘q.   

 

  1. Men boshqa mamlakat fuqarosiman.  ( O‘zbekistonning emas). Xorijiy talaba sifatida hujjat topshira olamanmi?

Ha, siz xorijiy talaba sifatida hujjat topshirishingiz mumkin.   Qabul jarayoni odatdagidek bo‘lib o‘tadi.

 

  1. Bizning kompaniya O‘zbekistonda faoliyat yuritadi.   AKFA Universiteti talabalarini stajirovkaga chaqira olamizmi?

AKFA universiteti talabalarni real loyihalarda ishtirok etishga chaqiradi. Talabalarimizni stajirovkaga jalb qilmoqchi bo‘lgan har qanday kompaniya   info@akfauniversity.uz  manziliga rasmiy xat va stajirovkaga oid talabalar haqidagi ma’lumotni yo‘llashi zarur.  

Agar qabul yuzasidan qo‘shimcha savollaringiz bo‘lsa, Qabul kommisiyasi bilan  telefon raqami orqali bog‘laning yoki admission@akfauniversity.uz manziliga elektron xat yuboring.