Binolar

Kampus 3 ta qismga bo’lingan. Shimoliy kampusda asosan o’quv xonalari, laboratoriyalar va ovqatlanish zali joylashgan. Markaziy kampusda esa talabalar klublari, ofislar va sport zali mavjud. Janubiy kampus esa anjumanlar zali, leksiya va seminar xonalarini o’z ichiga oladi.

Universitetga asosiy kirish Ko’kcha Darvoza 1-tor ko’chasining shimoli-g’arbiy qismida.

Kutish hududi asosiy binoda joylashgan. Kampusning janubiy burchagida avtoturargohga guvoh bo’lishingiz mumkin. Kampusga avtomobilda tashrif buyurayotgan bo’lsangiz, tashrif buyuvchilarning avtoturargoh bo’yicha ma’lumotlari bilan tanishib chiqing.

 

Ish vaqti

Asosiy binolarga dushanba-juma kunlari soat 9:00 dan 18:00 gacha kirishingiz mumkin. Talabalar binolarga Student ID card orqali kirishlari mumkin.

 

Barchasi shu yerda. O’z ko’zingiz bilan ko’ring.

AKFA universitetiga tashrifingizni rejalashtiring. Bu talaba yoki jamoa a’zosi bo’lish haqida o’rganishning eng qulay usuli. Joylar chegaralangani bois tashrif buyuruvchilardan kampusga kelishlardan imkon qadar oldinroq ro’yxatdan o’tishlarini so’raymiz.