AKFA universiteti bilimga chanqoq talaba yoshlarga innovatsion ta’lim uslublarini taklif etmoqda. Bizning asosiy maqsadimiz – malakali shifokor, muxandis, olim va arxitektorlarni yetkazib berishdir. Bizning yetakchi ta’lim dasturlarimiz bugungni kun talabidan kelib chiqib ishlab chiqilgan.   

Oldimizda 3 ta asosiy vazifa bor: ta’lim jarayonini takomillashtirish, tadqiqotlarga yo‘l ochib berish va innovatsiyalarni joriy etish. Biz talabalarga eng zamonaviy texnologiyalarni taklif qilmoqda. Bizning ta’lim dasturlarimiz amaliy mashg‘ulotlar, tadqiqotlar va laboratoriya darslariga katta e’tibor qaratgan.

Oliygoh talabalarga mustahkam texnik ta’lim berishni istaydi.

Bu hali hammasi emas – biz ularning tassavurlari kengayishi, kreativ bo‘lishi va tadbirkorlik qobiliyatlari rivojlanishiga ko‘mak ko‘rsatamiz. 

Biz ko‘plab xorijiy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatganmiz, jumladan o‘rta maktab, iqtisodiy doiralar va jamotchilik vakillari bilan ham.