AKFA universitetida qabul jarayonlari boshlandi

AKFA universitetining 2019/2020 o’quv yili uchun qabul jarayonlari boshlandi. 1 iyun 2019 yildan Oliygohga hujjat qabul qilish to’liq onlayn tartibda amalga oshiriladi. Joriy o’quv yilida ta’lim maskani 200 nafar talabani qabul qiladi. Ilk o’quv yilida talabalarning faqat tibbiyot yo’nalishida (Medical College) tahsil olishlari ko’zda tutilgan.

 

Kerakli hujjatlarning elektron nusxasi:

-  shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport);  

-  o‘rta va o‘rta maxsus ta'lim haqidagi hujjat – attestat,  diplom, diplom olinmagan bo‘lsa – o‘qishni tugatganligi haqida ma'lumotnoma;

-  IELTS (minimum 5.5 ball) yoki TOEFL ekvivalenti.

 

Imtihonlar iyul oyida o’tkaziladi. Aniq sana va boshqa tafsilotlar bo’yicha to’liq ma’lumot www.akfauniversity.uz veb-saytida beriladi.

Namunaviy imtihon savollarini yuklab olish uchun shu yerni bosing!

 

Qabul jarayoni bilan bog‘liq qo’shimcha savollaringiz bo’lsa, universitetning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalariga yozishingiz mumkin:

 

t.me/akfauniversity

fb.com/akfauniversity

instagram.com/akfauniversity